O'zbekiston

Prezident topshirig‘i ijrosi: Yuqori To‘polangda yangi gidroenergetik imkoniyatlar o‘rganilmoqda

Hududda 80 MVt quvvatli Kishtut GESlar kaskadi loyihasi doirasida ishlar davom etmoqda.

Prezident topshirig‘i ijrosi: Yuqori To‘polangda yangi gidroenergetik imkoniyatlar o‘rganilmoqda

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryo viloyatiga 2026-yil 26-fevral kuni amalga oshirgan tashrifi chog‘ida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekgidroenergo AJ tomonidan hududlarning gidroenergetika salohiyatini o‘rganish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.

 

Shu doirada Jamiyat boshqaruvi raisi Islom Abduraxmonov boshchiligidagi mutaxassislar guruhi vertolyot yordamida Sariosiyo tumanining tog‘li hududida joylashgan, dengiz sathidan qariyb 3000 metr balandlikdagi Yuqori To‘polang zonasida gidroenergetik salohiyatni o‘rganish ishlarini olib bordi.

 

Uch kun davom etgan amaliy tashrif chog‘ida hududning tabiiy-relyef sharoiti, suv oqimlari, gidrologik xususiyatlari hamda mavjud infratuzilma imkoniyatlari atroflicha tahlil qilindi.

 

Mutaxassislar tomonidan yangi gidroelektr stansiyalarini barpo etish imkoniyatlari hamda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar o‘rganildi.

 

Dastlabki tahlillar Yuqori To‘polang hududida bir qator istiqbolli gidroenergetik loyihalarni amalga oshirish imkoniyati mavjudligini ko‘rsatmoqda. Mazkur loyihalar bosqichma-bosqich hayotga tatbiq etilishi natijasida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish ko‘lamini kengaytirish, ekologik toza elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda Surxondaryo viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga qo‘shimcha turtki berish rejalashtirilgan.

 

Yuqori To‘polang daryosining gidrosalohiyatidan samarali foydalanish maqsadida umumiy quvvati 80 MVt bo‘lgan uchta gidroelektr stansiyani o‘z ichiga olgan Kishtut GESlar kaskadi loyihasi doirasida ham amaliy ishlar olib borilmoqda.

 

Shuningdek, hududda energetika infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida Zarchob podstansiyasidan Kishtut GES stvorigacha bo‘lgan 17,7 kilometr uzunlikdagi 110/220 kV kuchlanishli ikki zanjirli havo elektr uzatish tarmog‘ini qurish loyihasi amalga oshirilmoqda.

 

Mutaxassislar tomonidan hududda topografik o‘lchov ishlari ham olib borilmoqda. Bundan tashqari, istiqbolli loyihalar hududiga olib boruvchi yo‘l qurilishini jadallashtirish, burg‘ulash-portlatish ishlarini xavfsiz va sifatli tashkil etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Prezident topshirig‘i ijrosi: Yuqori To‘polangda yangi gidroenergetik imkoniyatlar o‘rganilmoqda | Zamon.uz