Ukraina mudofaa vaziri Aleksey Reznikov qancha aholi mamlakatni himoya qilayotganini ochiqladi.
Vazir bu haqda Forbes‘ning “Birgalikda quramiz” onlayn konferensiyasida maʼlum qilgan. Bu xalqaro yig‘ilish Ukrainada biznesni tiklash imkoniyatlariga bag‘ishlangan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, jami 1 million ukrainalik safarbarlikka chaqirilgan. Xususan, qurolli kuchlarga 700 ming, chegara qo‘shinlariga 60 ming, milliy gvardiyaga 90 ming, milliy politsiyaga 100 ming kishi jalb etilgan.
Avvalroq Vladimir Zelenskiy Ukraina hududining bir qismidan voz kechmasligini maʼlum qilgandi.


