Bu haqda O‘rta Chirchiq tuman hokimligining axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, tumanning Furqat ko‘chasida yashovchi 55 yoshli A.B., 26 yoshli M.M. va 13 yoshli A.M. nomaʼlum gazdan zaharlanish oqibatida Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli tez yordam bo‘limiga olib kelingan.
Voqeadan bir kun o‘tgach, 6 noyabr kuni 2008 yilda tug‘ilgan A.M. shifoxonada vafot etgan.
Avvalroq is gazidan zaharlanib, vafot etgan 5 nafar talaba ishi bo‘yicha ijra uy egasiga sud hukmi o‘qilgani haqida xabar berilgandi.


