1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

16-iyul uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi

Ayrim hududlarda yomg‘irli havo kutilmoqda.

16-iyul uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi

16-iyul kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 10-13 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 33-35 daraja issiq bo‘ladi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 18-23 daraja iliq, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha, baʼzi tumanlarda chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 18-23 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 18-23 daraja iliq, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.

 

Toshkent viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 18-23 daraja iliq, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

 

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha, ayrim tumanlarda chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 18-23 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 18-23 daraja iliq, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha, baʼzi tumanlarda chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 18-23 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 34-39 daraja issiq bo‘ladi.

 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 19-24 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.

 

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, baʼzi tumanlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 23-28 daraja iliq bo‘ladi.  

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика