Toshkent viloyatida huquq-tartibot organlari tomonidan Bo‘stonliq tumanidagi mahalla raisiga nisbatan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Surishtiruv jarayonida ushbu shaxs o‘z vakolatidan foydalanib, boshqa fuqaroning uyini va unga tutash 1,3 gektar yer maydonini noqonuniy ravishda sotishga uringani aniqlangan. U davlat jamg‘armasidan ushbu mulkni rasmiylashtirish uchun 150 ming AQSh dollari talab qilgan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan maxsus operatsiya davomida gumonlanuvchi kelishilgan puldan 50 ming dollar avans olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


