Maʼlumotga ko‘ra, 1991-2016 yillar:
— 1991-2016 yillarda yoki 25 yil ichida respublika bo‘yicha 9 300 km elektr uzatish tarmoqlari va 4 800 ta transformatorlar yangilangan.
2017-2020 yillar:
— 2017-2020 yillarda yoki so‘nggi 4 yilda respublika bo‘yicha 25 600 km elektr uzatish tarmoqlari va 8 900 ta transformatorlar yangilandi.
Buning natijasida, respublika bo‘yicha qariyb 2 mingta mahalladagi 1,7 milliondan ortiq aholi xonadonlarining elektr energiyasi taʼminoti yaxshilandi.
2021 yilda (1 yilda):
— 15 000 km elektr uzatish tarmoqlari va 4 000 ta transformator punktlari yangilanadi va rekonstruksiya qilinadi.
Avvalroq, BAA kompaniyasi O‘zbekistonda ikkita quyosh fotoelektr stansiyasi qurishi hamda O‘zbekistonda 2025 yilgacha 18 ta elektr stansiya foydalanishga topshirilishi haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva


