1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Media

8-sentyabr — Xalqaro jurnalistlar birdamligi kuni

Ushbu sana 1958-yili Xalqaro jurnalistlar tashkiloti kongressi qaroriga ko'ra belgilangan.

8-sentyabr — Xalqaro jurnalistlar birdamligi kuni



UNESSO rasmiy saytining 1993 yildan boshlab qayd etgan ro‘yxatiga ko‘ra, bugungacha dunyoda 1405 nafar jurnalist o‘ldirilgan. 

1958-yili Xalqaro jurnalistlar tashkilotining Buxarestda bo‘lib o‘tgan IV конгресси қарорига binoan, har yili jahonda 8-sentyabr Xalqaro jurnalistlar birdamligi kuni (International day of solidarity of journalists) sifatida nishonlanadi. Maʼlumotlarga ko‘ra, keyinchalik BMT tomonidan ham ushbu kun Xalqaro jurnalistlar birdamligi kuni deb eʼlon qilingan.

Ushbu kun 1943 yil 8-sentyabr kuni Berlinda fashistlar tomonidan qatl qilingan chexoslovakiyalik jurnalist va adabiy tanqidchi Yulius Fuchik xotirasiga bag‘ishlab tanlangan. Fuchik Praga qamoqxonasida bo‘lgan vaqtida “Dor ostidan reportaj” (Notes from the gallovs) kitobini yozgan. Mazkur kitob dunyoning 70 tiliga tarjima qilingan bo‘lib, muallif vafotidan so‘ng ikki yil o‘tib, 1945 yilda ilk bor chop etilgan, yetti yil o‘tib esa Xalqaro tinchlik sovrini bilan taqdirlangan.

Maʼlumot uchun, Amerika jurnalistlarining eng nufuzli mukofoti hisoblanmish Pulitser mukofotining taqdirlash marosimi ham deyarli har yili 8 sentyabrda o‘tkaziladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика