Avstriya kansleri Karl Nexammer uning davlati hamon Rossiya energetik resurslaridan kuchli qaramligini tan oldi. Bu haqda “Kommersantʼ” xabar berdi.
“Vaqt talab etiladi, chunki biz Rossiya gazidan 80 foiz qarammiz. Vaziyat xuddi Germaniyadagi kabi, sanoat va uy xo‘jaligimiz gazga muhtoj. Biz mustaqillikka erishish uchun hamma narsa qilamiz, ammo bugun ham, ertaga ham buning iloji yo‘q”, – degan u NBC telekanaliga bergan intervyusida.
Uning qo‘shimcha qilishicha, bir necha yildan so‘ng bunga erishish mumkin.
Avvalroq Yevropa Nigeriyadan gaz sotib olishni ko‘paytirmoqchi ekanligi to‘g‘risida xabar berilgandi.


