Abdulaziz Komilov Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri, “Tolibon” vakili Amirxon Mutaqqiy bilan uchrashdi .

Abdulaziz Komilov Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

 

 

Bu haqda Afg‘oniston tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Abdulqodir Balxiy Twitter sahifasida maʼlum qildi.

 

 

Abdulaziz Komilov Kobuldagi holatga yuqori baho bergani aytilgan. Vazir Afg‘oniston tez orada xalqaro hamjamiyatda mustahkam o‘rin egallashiga umid bildirgan. Shuningdek, O‘zbekiston tranzit, energetika va savdodagi majburiyatlariga sodiq ekanligi taʼkidlangan.

 

 

Uchrashuv yakunida Amirxon Mutaqqiy O‘zbekistonga ko‘rsatilayotgan yordam uchun minnatdorchilik bildirgan. Abdulqahhor Balxiy Mozori-Sharif aeroportini taʼmirlashda O‘zbekiston tomoni yordam berganini qayd etdi.

Avvalroq Abdulaziz Komilov O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha pozitsiyasini maʼlum qilgandi

 

Jahongir Qo'ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика