
Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmatining xabar qilishicha, TTDHK Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi davomida xavfsizlik va mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikni yana-da rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, Afg‘onistondagi vaziyat muhokama qilinishi rejalashtirilgan.
Ma'lumot uchun: Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va O‘zbekiston TTDHKga aʼzo mamlakatlardir, shuningdek, Vengriya kuzatuvchi davlat maqomiga ega. Tashkilot kotibiyati Istambul shahrida joylashgan. O‘zbekiston ushbu tashkilotga 2019-yil 15-oktabr kuni TTDHKning Bokuda (Ozarbayjon) bo‘lib o‘tgan 7-sammitida to‘laqonli aʼzo sifatida qabul qilindi.
Avvalroq O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Saudiya Arabistoni Qirolligining Favqulodda va muxtor elchisi Hisham as-Suvaylim, Shveysariyaning favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Konstantin Obolenskiyni qabul qilgani hamda Germaniya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv o‘tkazgani haqida xabar berilgandi.


