Abdulaziz Komilov Germaniya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi

30 avgust kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Toshkent shahriga tashrif bilan kelgan Germaniya tashqi ishlar vaziri Xayko Maas bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.

Abdulaziz Komilov Germaniya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi

 

 

Maʼlum qilinishicha, muloqot chog‘ida O‘zbekiston–Germaniya hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilingan, bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali va kun tartibi ko‘rib chiqilgan.

 

Shuningdek, Afg‘onistondagi bugungi vaziyatga alohida eʼtibor qaratilgan. Xayko Maas O‘zbekiston tomoniga Afg‘onistondan Germaniya va boshqa xorijiy davlatlar fuqarolarining evakuatsiyasini tashkillashtirishda ko‘rsatgan yordami uchun yana bir bor minnatdorlik bildirgan. Tomonlar Afg‘oniston yo‘nalishida yaqin hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini maʼlum qildi.

 

«Uchrashuvda ikki mamlakatning xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorligi yuzasidan ham fikr almashildi», — deyiladi xabarda.

 

Avvalroq O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Shveysariyaning favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Konstantin Obolenskiyni qabul qilgani to‘g‘risida xabar bergandik.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика