1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Abdulrashid Do‘stum: "Toliblarni tan olishga shoshilmang"

Abdulrashid Do‘stum: "Toliblarni tan olishga shoshilmang"

Abdulrashid Do‘stum: "Toliblarni tan olishga shoshilmang"

 

Marshal Do‘stumning murojaati eʼlon qilindi. Bu haqda "Sputnik Afganistan" xabar berdi.

 

U xalqaro hamjamiyat va Afg‘oniston qo‘shnilaridan toliblar hukumatini tan olmaslikka chaqirgan. Ayniqsa, shimoliy va shimoli g‘arbiy chegaradosh davlatlar (O‘zbekiston va Turkmaniston) dan buni alohida iltimos qilgan.

 

Do‘stum Afg‘onistondagi mavjud tuzumni "terror davlati" deb atagan. Shuningdek, BMTga murojaat qilib, Panjsherdagi etnik tozalashni to‘xtatishni talab qilgan. Viloyatdagi gumanitar vaziyatni yumshatish va OAVdan jaryonlarni yoritishni so‘rgan.

 

15 avgustda "Tolibon" tomonidan Kobul shahrining jangsiz egallanishi ortidan Afg‘onistonda hokimiyat o‘zgardi. Harakatga bo‘ysunmay kelayotgan yagona hudud - Panjsher ham sentyabr boshida toliblar nazoratiga o‘tdi. Bu yerda Ahmad Masʼud boshchiligida qarshilik harakati shakllantirilgan. Keyinchalik maʼlum bo‘lishicha, Masʼudga xoinlik qilingan. Oqibatda, Panjsher ham toliblar tomonidan egallandi.

 

Avgustda Abdulrashid Do‘stum Mozori Sharifni tashlab, Afg‘onistondan chiqib ketgan edi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика