2025–2026 o‘quv yili uchun oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish istagini bildirgan abituriyentlar uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni olish jarayoni boshlandi. Bu haqda DTM xabar berdi.
Abituriyentlar test sinovlarida qatnashishlari uchun my.uzbmb.uz saytiga kirib, shaxsiy identifikatsiya raqami va pasport (yoki ID-karta) seriyasi hamda raqamini kiritgan holda ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, test sinovlariga pasport (yoki ID-karta) hamda abituriyent ruxsatnomasi bilan, belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish shart. Pasport nusxasi, boshqa hujjatlar bilan kelgan yoki kechikib kelgan abituriyentlar test sinoviga kiritilmaydi.


