1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Afg‘on ayollari armiyada faoliyat olib boradimi?

“Tolibon” vakili javob berdi.

Afg‘on ayollari armiyada faoliyat olib boradimi?

 

Afg‘onistonda ayollar mudofaa sohasida faoliyat olib borishi mumkin. Bu haqda “Tolibon”ning Badaxshon viloyatidagi rahbarlaridan biri Muazuddin Ahmadiy maʼlum qilgan. 

 

Ahmadiy bu haqda Badaxshon ayollari vakili Niso Muborizning lavozimiga kirishish marosimida aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistonda ayollar turli sohalar, xususan, mudofaa va xavfsizlik yo‘nalishlarida ishlashi mumkin.

 

Niso Muboriz endilikda viloyat ayollarini ish bilan taʼminlashda afg‘on va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikka masʼul. Uning qayd etishicha, Ashraf G‘ani prezidentligi davridagi taʼlim hujjatlarida ayollarga erkaklar bilan teng imkoniyat berilgani belgilangan bo‘lsa-da, amalda ularga hech qanday imkon berilmagan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pokiston bosh vaziri Imron Xon AQSH baribir Tolibon hokimiyatini tan olishini maʼlum qilgandi. 

 

Jahongir Qo‘ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика