Kanada afg‘on sudya ayollariga boshpana berishga qaror qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
Kanada immigratsiya, qochqinlar va fuqarolik masalalari vaziri matbuot xizmatining agentlikka maʼlum qilishicha, jami 230 afg‘onga siyosiy boshpana beriladi. Ularning orasida ayol sudyalarning oila aʼzolari ham bor.
Toliblar sobiq respublika sudyalari tomonidan hukm qilingan jinoyatchilaring katta qismini ozod qilgan bir sharoitda ular o‘z hayotiga katta xavf sezmoqda.
Afg‘on sudya ayollari 2021 yil 1 oktyabr kuni Gretsiyaga evakuatsiya qilingan edi.
Kanada hozirga qadar hukumat dasturlari orqali 3915 nafar va gumanitar tashkilotlar orqali 2535 nafar afg‘onistonlikka boshpana berdi.
Avvalroq Toshkent va Kobul “Surxon-Puli-Xumri” elektr uzatish liniyasi qurilishini qayta tiklashni \ to‘g‘risida xabar qilingandi.
Jahongir Qo‘ziyev


