“Tolibon” BAA bilan aeroportlarni boshqarish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Gap Afg‘onistonning to‘rt aeroporti haqida ketmoqda. Kelishuv bosh vazir o‘rinbosari Mulla Abdulg‘ani Barodarning BAAga tashrifi vaqtida imzolangan. Unga ko‘ra, Abu-Dabi Kobul, Qandahor, Hirot va Mozori-Sharif aeroportlarini boshqarishda yordam beradi.
Bundan oldin toliblar shu masalada Turkiya va Qatar bilan muzokara o‘tkazgan. Ammo tomonlar moliyaviy va yuridik masalada kelisha olmagan.
Avvalroq O‘zbekiston mutaxassislari Mozori-Sharif aeroportini taʼminlashda ishtirok etayotgani haqida xabar berilgandi.


