1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Afg‘oniston AQSHdan tovon puli talab qilmoqchi

Afg‘onistonning yangi hukumati harbiy kampaniya davomida tinch aholi orasidagi qurbonlar va infratuzilmaga qilingan hujumlar oqibatida yetkazilgan zarar uchun AQSHdan tovon puli talab qilmoqchi, — dedi “RIA Novosti” agentligiga bergan intervyusida muvaqqat hukumat madaniyat va axborot vaziri o‘rinbosari Zabihullo Mujohid.

Afg‘oniston AQSHdan tovon puli talab qilmoqchi

 

 

"AQSH ko‘p marotaba havodan yanglish  zarbalar berdi. Buning oqibatida uylar, masjidlar, tibbiy muassasalar vayronaga aylandi, tinch aholi halok bo‘ldi. Biz buning uchun tovon puli talab qilamiz. Umid  qilamizki, kelajakda biz afg‘on xalqining kompensatsiya  olish huquqini va Amerika urushi paytida azob chekkan mamlakatni tiklash jarayonini amalga oshira olamiz", — dedi Mujohid.

 

Vazir o‘rinbosarining taʼkidlashicha, bugun hukumat asosan ichki masalalarni hal qilish bilan band.

 

Bundan avval “Tolibon" Xitoy va Pokistonga elchi tayinlamoqchi bo‘layotgani haqida xabar berilgandi.

 

 

Nasiba To‘xtayeva

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика