1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

"Tolibon" Xitoy va Pokistonga elchi tayinlamoqchi

“Tolibon” hokimiyatini tan olgan davlatlarga elchilarini jo‘natadi. Bu haqda harakat rasmiy vakili Zabihullo Mujohid maʼlum qildi.

"Tolibon" Xitoy va Pokistonga elchi tayinlamoqchi

 

 

Xitoy va Pokistonga qachon elchi tayinlanishi haqidagi savolga: "Bizni tan olishgandan so‘ng, elchilarimizni yuboramiz. Umid qilamanki, bu tez orada sodir bo‘ladi", — deb javob bergan.

 

Yangi hukumat, shuningdek, Rossiya tomonidan tan olingan taqdirda Moskvadagi missiya rahbari ham o‘zgaradi.

 

"Rossiyaning Kobuldagi elchisi bilan yaxshi munosabatdamiz. Biz ikki davlat o‘rtasida aʼlo diplomatik va siyosiy aloqalar bo‘lishini istaymiz", — degan rasmiy vakil.

 

Hozirda Afg‘onistonning yuzlab elchilarining keyingi taqdiri nomaʼlumligicha qolmoqda. Ularning aksariyati o‘zi ishlayotgan davlatdan siyosiy boshpana so‘ragan

 

Avvalroq, “Tolibon” BMTda yangi vakil tayinlagani xabar qilingandi.

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика