
Xanafiy Imomali Rahmonning inklyuziv hukumat tuzish zarurligi haqidagi bayonotiga javoban unga Afg‘oniston ichki ishlariga aralashmaslikni maslahat berdi. Aks holda uning bu harakatlari javobsiz qolmaydi. Bundan avval bosh vazir birinchi o‘rinbosari Mulla Abdulg‘ani Barodar ham shu kabi ogohlantirish bilan chiqqandi.
Shuningdek, bosh vazir ikkinchi o‘rinbosari “Tolibon”ning butun dunyo, xususan, AQSH bilan diplomatik aloqalar o‘rnatish istagini maʼlum qildi. “Agar jahon hamjamiyati “Tolibon”ning terrorizm va narkotrafikni yo‘q qilishini xohlasa, Islom amirligini tan olishi kerak”, – deb qo‘shimcha qilgan u. Xanafiyning fikricha, toliblar tan olinishida Xitoy katta rol o‘ynashi mumkin. Сhunki Pekin BMT Xavfsizlik kengashining doimiy aʼzosi hisoblanadi. Shu bilan birga Qatarning Afg‘on muammosidagi o‘rni haqida gapirar ekan, uning xatti-harakatlarini olqishlagan. Dohaning afg‘on xalqiga gumanitar yordam berishda davom etishiga umid bildirilgan.
Avvalroq Afg‘onistonning sobiq prezidenti Ashraf G‘anining Facebook sahifasi buzib kirilgani hamda Belgiyada Afg‘oniston elchixonasi egallab olingani xabar qilingandi.
Jahongir Qo'ziyev


