1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Afg‘oniston haqiqiy saylovlarni tashkillashtira olmadi — afg‘onistonlik kuzatuvchi

20-oktabr kuni Xalqaro media-xollda xalqaro kuzatuvchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Afg‘oniston haqiqiy saylovlarni tashkillashtira olmadi — afg‘onistonlik kuzatuvchi

 

Kuzatuvchilardan biri afg‘onistonlik Nuri Husayn Ali. U “Ufq” xalqaro axborot agentligi rahbari. Husayn Ali O‘zbekiston Prezidenti saylovi borasidagi fikrlari bilan bo‘lishdi.

 

––24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga kuzatuvchi sifatida taklif etilganman. O‘zbekistondagi saylovlarda ilk marotaba ishtirok etishim. Bundan avval Eron va Afg‘onistondagi saylovlarda kuzatuvchi bo‘lganman.

 

 Ko‘plab ijobiy o‘zgarishlarni ko‘ryapman. Ayniqsa, jurnalistlar uchun yaratilgan sharoitlar tahsinga loyiq. Hamma o‘z fikrini erkin bildira oladi. Men ko‘plab o‘zbeklar bilan suhbatlashdim. Ular o‘z mustaqil fikriga ega. Fikrimcha, saylovchilar yurt uchun, uning ertangi taraqqiyoti, kelajagi uchun chin dildan xizmat qiladigan munosib nomzodni saylaydi. Bu O‘zbekiston xalqi uchun o‘z nomzodini saylash uchun katta imkoniyat demakdir.

 

Afg‘onistonda saylov o‘tkazish bo‘yicha tajriba bor edi. Ammo biz haqiqiy saylovlarni tashkillashtira olmadik. Xalq ovoz bergan nomzod bir chetda qolib, biz uchun boshqalar o‘z tanlovini amalga oshirdi.

 

Avvalroq Turkmanistonda O‘zbekiston Prezidenti sayloviga bag‘ishlangan brifing tashkil etilgani hamda Islom hamkorlik tashkiloti kuzatuvchilar missiyasi O‘zbekistonga kelgani xabar qilingandi.

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика