Afg‘onistonning Qunduz viloyatida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda “Ria Novosti” xabar berdi.
Hozirda aniq jabrlanganlar soni maʼlum emas. Mahalliy manbalar kamida 7 kishi halok bo‘lganini aytmoqda. Shu bilan birga 6 kishi jarohatlangan.
Hodisaga eski snaryadning portlab ketgani sabab bo‘lgan. Qurbonlar orasida bolalar ham bo‘lishi mumkin.
Afg‘onistonda so‘nggi oylarda ko‘plab portlashlar va teraktlar avj olgan. Xususan, 2-noyabr kuni Kobulda terakt sodir etilgan. Oqibatda, 20 dan ortiq odam halok bo‘lgan. Ularning orasida “Tolibon” oliy harbiy rahbarlaridan biri ham bor. Ushbu teraktga javobgarlikni ISHID o‘z zimmasiga oldi.
Avvalroq AQSH tomonidan tayyorlangan afg‘on harbiylari ISHID safiga qo‘shilayotgani xabar qilingandi.
Jahongir Qo'ziyev


