1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Afg‘oniston sobiq prezidenti Ashraf G‘anining Facebook'dagi sahifasiga kiberhujum uyushtirildi

Bu haqda sobiq prezidentning Twitter sahifasida maʼlum qilindi.

Afg‘oniston sobiq prezidenti Ashraf G‘anining Facebook'dagi sahifasiga kiberhujum uyushtirildi

 

 

“Ashraf G‘anining rasmiy Facebook sahifasiga buzib kirildi. Kechadan boshlab u yerda qo‘yilayotgan maʼlumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, — deyiladi tvitda. Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Ashraf G‘anining toliblar hukumatini tan olishga chaqirgani tarqalib ketgan. Shundan so‘ng siyosatchi yuqoridagi bayonotni berdi.

 

Maʼlumot o‘rnida: “Tolibon” 15-avgust kuni Kobul shahrini jangsiz egallagandi. Shu kuni Ashraf G‘ani prezidentlik lavozimidan voz kechgan. U o‘z qarorini mamlakatda ortiqcha qon to‘kilishini istamasligi bilan izohlagan.

 

“Tolibon” 6-sentabr kuni mamlakatdagi so‘nggi egallanmagan viloyat — Panjsherni o‘z nazoratiga olgandi. Ertasi kuni Afg‘onistonning yangi hukumati tarkibi eʼlon qilingandi.

 

Avvalroq Turkiya рrezidenti Erdo‘g‘an mamlakatda inklyuziv hukumat tuzilmasa, aeroportni boshqarishda yordam berilmasligini maʼlum qilgandi. Shuningdek, “Tolibon” rahbariyati jangchilaridan amnistiya shartlariga amal qilishni talab qilgandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика