1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Afg‘oniston uchun mo‘ljallangan vertolyotlar Kiyevga beriladi

AQSH Ukrainaga navbatdagi harbiy yordam paketini eʼlon qildi.

Afg‘oniston uchun mo‘ljallangan vertolyotlar Kiyevga beriladi

 

AQSH prezidenti Jozef Bayden Ukraina uchun yangi harbiy yordam paketini tasdiqladi. Bu haqda BBC xabar berdi.

 

Unga ko‘ra, Vashington Kiyevga 11 ta Mi— 17 vertolyotlari, 155 mm kalibrli 18 dona artilleriya qurilmalari, havo hujumi va artilleriya hujumiga qarshi radarlar, 200 dona M113 bronetransportyorlari, 100 dona Humvee yo‘ltanlamas mashinalari, shuningdek, kimyoviy, biologik va radiatsion hujumga qarshi himoya vositalari taqdim etgan.

 

Eʼtiborlisi, vertolyotlar Afg‘oniston Islom Respublikasiga yetkazib berilishi kerak edi, ammo mamlakatda hokimiyat toliblar qo‘liga o‘tgach, bu dastur to‘xtab qolgan.

 

Ayrim OAV maʼlumotlariga ko‘ra, Bayden bu yordam paketiga vertolyotlarni qo‘shmagan, ammo shaxsan Vladimir Zelenskiyning iltimosidan so‘ng bunga rozilik bildirgan.

 

Avvalroq G‘arbning Ukrainaga hujumkor qurollarni yetkazib berishdan o‘zini tiyib turgani to‘g‘risida xabar berilgandi. 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика