Erdo‘g‘an Afg‘oniston bo‘yicha G20 doirasida maxsus ishchi guruh tuzishni taklif qildi. “Turkiya bu guruhga boshchilik qilishi mumkin”, – degan u. Turkiya yetakchisining fikricha, Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlik o‘rnatish butun mintaqa va dunyo uchun katta ahamiyatga ega.
Afg‘onistonga gumanitar yordam berish zarurati haqida gapirar ekan, Erdo‘g‘an Turkiya ko‘mak berishda davom etishini aytgan. Shuningdek, u vaqtinchalik hukumat haqida fikr bildirdi:
“Afg‘onistonning vaqtinchalik hukumati to‘la muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Biz hali ekstremizmning oldini olishga qaratilgan harakatlarni ko‘rmadik. Bu xotin-qizlar taʼlimi, milliy ozchilik huquqi masalalari”, — degan Turkiya rahbari.
Afg‘oniston masalasi bo‘yicha “katta yigirmalik” davlatlari favqulodda sammiti Italiya tashabbusi bilan videokonferensiya aloqa shaklida bo‘lib o‘tmoqda.
Avvalroq Jozef Baydenning hayotini saqlab qolgan afg‘on tarjimoni evakuatsiya qilingani hamda AQSH va “Tolibon” muzokaralari haqida xabar qilingandi.
Jahongir Qo‘ziyev


