Tolibon” hokimiyatga kelgandan 2 oy o‘tib Afg‘oniston Xitoy bilan savdosini tikladi. Bu haqda “Regnum” xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Afg‘onistondan 40 tonnadan ortiq kedr yong‘oqlari Shanxayga olib kelingan. Mamlakatda toliblar hukmronligi o‘rnatilgandan keyin ikki oy davomida Xitoy bilan savdo aloqalari butunlay to‘xtab qolgan edi. Afg‘onistonning Kam Air aviakompaniyasi Kobuldan Shanxayga 8 soatlik parvozdan keyin tovarni yetkazib kelgan.
Afg‘on kedr yong‘oqlari 2018 yildan buyon Xitoyga eksport qilinadi. Endilikda ikki davlat korxonalari o‘rtasidagi kelishuvga binoan Shanxayga ikki oy davomida shu turdagi tovarlar yetkazib beriladi.
Bundan avval Xitoy "Tolibon" bilan iqtisodiy hamkorlikning asosiy shartini maʼlum qilgandi.
Jahongir Qo'ziyev


