1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Afg‘onistonda kimning qanday iqtisodiy loyihasi bor? (1-qism)

Quyida mintaqa davlatlarining Afg‘oniston bilan bog‘liq iqtisodiy tashabbuslari haqida so‘z boradi.

Afg‘onistonda kimning qanday iqtisodiy loyihasi bor? (1-qism)

 

2021 yil 25-30 dekabr kunlari Toshkentda O‘zbekiston va Afg‘oniston vakillari o‘rtasida “Surxon-Puli-Xumri” elektr uzatish liniyasi qurilishini qayta tiklash masalasi muhokama qilindi. Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi energetika yo‘nalishida hamkorlikni saqlab qolish muhim ekanini qayd etdi.

 

“Surxon-Puli-Xumri” O‘zbekiston Respublikasining Afg‘onistondagi yirik iqtisodiy loyihalaridan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, mintaqaning boshqa davlatlarida ham Kobul bilan hamkorlikda bir qancha ishlarni amalga oshirmoqchi. Quyida shu haqda so‘z boradi.

 

O‘zbekiston: Elektr liniyasi va Hind okeaniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri temiryo‘l.

Mintaqaning yirik davlatlaridan bo‘lgan O‘zbekiston Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatilishidan va yirik iqtisodiy loyihalarning amalga oshirilishidan manfaatdor davlatlardan biri. Hozirda asosan, O‘zbekiston “Surxon-Puli Xumri” elektr liniyasi va “Mozori Sharif-Kobul-Peshovar” temiryo‘li qurilishini ilgari surmoqda.

 

Ushbu elektr liniyaning O‘zbekistondan Afg‘oniston chegarasiga qadar 45 kilometri qurib bo‘lingan. Endilikda Afg‘oniston hududida 201 kilometr uchastkada qurilish yakunlanishi kerak. Ammo mamlakatdagi notinch vaziyat hozircha bunga imkon bermayapti.

 

Agar bu loyiha amalga oshiriladigan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining qo‘shni davlatga elektr energiyasi eksporti 70 foizga ko‘payadi (yiliga 6 milliard kV/s).

 

“Mozori Sharif-Kobul-Peshovar” temiryo‘li mamlakatimizga Tinch okeaniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkoniyatini beradi. Temiryo‘l qurilishi bo‘yicha 2021 yil fevral oyida Pokiston va Afg‘oniston bilan “Yo‘l xaritasi” imzolangan edi. Umumiy uzunligi 600 kilometr, uning tugallanishi uchun 5 yil vaqt kerak. Loyiha amalga oshirilishi uchun 5 milliard dollarga yaqin mablag‘ talab etiladi.

 

2021 yil avgust oyida “Tolibon” hokimiyat tepasiga kelgach, qurilish ishlari nomaʼlum muddatga to‘xtab qoldi. Shu bilan birga harakat vakillari yuqoridagi ikki loyihani amalga oshirilishidan manfaatdor ekanini maʼlum qilgan.

 

Jahongir Qo'ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика