1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Afg‘onistonda kimning qanday iqtisodiy loyihasi bor? (2-maqola)

zamon.uz Afg‘onistondagi yirik iqtisodiy loyihalar haqidagi maqolaning ikkinchi qismini taqdim etadi.

Afg‘onistonda kimning qanday iqtisodiy loyihasi bor? (2-maqola)

 

Birinchi maqolada O‘zbekistonning afg‘on zaminida ilgari surayotgan iqtisodiy loyihalari haqida maʼlumot berilgandi. Quyida Markaziy Osiyoning yana bir davlati — Turkmanistonning iqtisodiy tashabbuslari haqida so‘z boradi.

 

Turkmaniston: Elektr uzatish liniyasi, temiryo‘l va Hindiston hamda Pokistonni gaz bilan taʼminlash.

 

Turkmaniston ham Afg‘onistonda bir qancha yirik loyihalarni taklif qilib keladi. Ulardan biri TAPI – Turkmaniston-Afg‘oniston-Pokiston-Hindiston gaz quvuri. “Tolibon” hokimiyat tepasiga kelgach, bu yo‘nalishni tezroq amalga oshirish maqsadida bir qancha muzokaralar o‘tkazildi. Toliblar rahbariyati ham loyihaning qay darajada muhim ekanini yaxshi anglaydi. Masalan, Afg‘oniston mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi, “Tolibon” harakati asoschisi Mulla Umarning o‘g‘li Mulla Yoqub TAPI uchun istalgan qurbonlikka tayyorligini maʼlum qilgan.

 

Ushbu loyihani amalga oshirish 2015 yildan boshlangan. Uning umumiy qiymati 10 milliard dollarni tashkil etadi. Gaz quvuri umumiy uzunligi 1814 kilometr. U orqali yiliga 30 milliard kubometr gaz eksport qilish mumkin. Maʼlumotlarga ko‘ra, Afg‘oniston bu loyiha amalga oshsa, yiliga 500 million dollar foyda oladi. Gurbanguli Berdimuhammedovning o‘tgan yili oktyabr oyida “TASS” nashriga bergan intervyusida esa, gaz tranziti orqali afg‘onlar 1 milliard dollardan ortiq sof foyda olishi mumkinligi qayd etilgandi.

 

Bundan tashqari, TAP – Turkmaniston-Afg‘oniston-Pokiston energetika yo‘nalishi ham mavjud. Unga ko‘ra, Turkmaniston qo‘shni davlat orqali Pokistonga elektr energiyasi eksport qila oladi. Bu loyiha qisman Osiyo taraqqiyot banki tomonidan moliyalashtiriladi.

 

Ashxobod “Lazurit yo‘li” xalqaro transport yo‘lagi bo‘yicha ham tashabbuslarni ilgari surgan, bu yo‘l Afg‘oniston tovarlarini Yevropaga to‘g‘ridan to‘g‘ri eksport qilish imkoniyatini taqdim etadi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика