1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Afg‘onistondagi barqarorlik va taraqqiyot uning yirik xalqaro loyihalardagi ishtirokiga bog‘liq – Gurbanguli Berdimuhammedov

Afg‘onistonning yirik xalqaro infrastruktura loyihalarida ishtirok etishi mamlakatda barqarorlikni taʼminlaydi va uning iqtisodiyoti o‘sishiga olib keladi. Bu haqda Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov “TASS”ga bergan intervyusida maʼlum qildi.

Afg‘onistondagi barqarorlik va taraqqiyot uning yirik xalqaro loyihalardagi ishtirokiga bog‘liq – Gurbanguli Berdimuhammedov

 

"Afg‘onistonning barqaror taraqqiyoti, uning mintaqa va xalqaro iqtisodiy jarayonlarga integratsiyasida yirik infrastruktura loyihalari muhim ahamiyatga ega. Aminmanki, bunday loyihalarning amalga oshirilishi birodar Afg‘onistonning iqtisodiy rivojlanishiga katta turtki beradi", — degan Berdimuhammedov.

 

Turkmaniston yetakchisi fikricha, bunga ulkan transport va energetik sohadagi  loyihalar misol bo‘la oladi. Xususan, Turkmaniston Afg‘oniston orqali Janubiy Osiyoga energetik manbalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berishi mumkin. Berdimuhammedov Kobul turkman gazi tranzitidan milliardlab dollar foyda olishi mumkinligini qayd etdi.

 

"Shu o‘rinda Turkmaniston — Afg‘oniston — Pokiston – Hindiston (TAPI) gaz quvuri katta ahamiyatga ega. Bu orqali Afg‘oniston byudjetiga milliardlab dollar tushishidan tashqari, minglab yangi ish o‘rinlarini yaratish mumkin", — deb aytgan u.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Turkmaniston Prezidenti O‘zbekistonga kelishi maʼlum qilingandi. Shuningdek, Afg‘oniston rahbariyati xorijiy davlat elchilari bilan uchrashgandi.

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика