1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Afg‘onistonni tiklash uchun asosiy yordamni AQSH berishi kerak — Rossiya TIV

Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Afg‘onistonga, eng avvalo, AQSH yordam berishi shartligini aytdi. Bu haqda “Sputnik Afganistan” maʼlum qilgan.

Afg‘onistonni tiklash uchun asosiy yordamni AQSH berishi kerak — Rossiya TIV

 

 

“Afg‘onistondagi mavjud vaziyatga, eng avvalo, 20 yil davomida mamlakatda bo‘lgan AQSH va xalqaro koalitsiya aʼzolari javobgar, deb hisoblaymiz. Shu bois Afg‘onistonni tiklash uchun ketadigan xarajatlarning katta qismini aynan ular qoplashi  kerak”, — degan Zaxarova.

 

Hozirda AQSH sobiq Afg‘oniston hukumatiga tegishli 9 milliard dollardan ortiq mablag‘ni muzlatib qo‘ygan. Jahonning bir necha davlatlari, xususan, RF, Xitoy va Pokiston Vashingtondan bu pullarni qaytarishni so‘ragan. Shuningdek, Afg‘onistonlik biznesmenlar ham AQSHga shu mazmunda murojaat bilan chiqqan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, zahiralarning 3 milliardi xususiy sektorga tegishli. “Tolibon” vakillari muzlatilgan mablag‘lar mamlakat tiklanishi uchun zarurligini taʼkidlab kelmoqda.

 

AQSH bunday katta zahirani toliblar  harbiy maqsadlarda ishlatishidan xavotirda. Shuning uchun hozircha pullar qaytarilmagan.

 

Maʼlumot o‘rnida: 15 avgust kuni “Tolibon” harakati Kobulni egallagan. 31 avgustda AQSH Afg‘onistonni to‘liq tark etdi. Harakat  egallamagan yagona viloyat Panjsher  edi. Ammo 6 sentyabrda ushbu hudud ham “Tolibon” nazoratiga o‘tdi.  Shundan keyin toliblar 7 sentyabr kuni mamlakatning yangi hukumati tuzilganini eʼlon qildi.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval “Tolibon” rahbariyati o‘rtasida nizo yo‘qligi xabar qilingan edi.

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика