Afg‘onistonning yarim aholisiga ochlik xavf solmoqda — BMT

Noyabr oyida Afg‘onistonda 23 million kishi keskin oziq-ovqat tanqisligiga duch kelishi mumkin.

Afg‘onistonning yarim aholisiga ochlik xavf solmoqda — BMT

 

BMTning Butunjahon oziq-ovqat dasturi hamda Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti qo‘shma tadqiqoti ana shunday xulosaga keldi. Tashkilot saytida aytilishicha, noyabr oyida Afg‘onistonda 23 million kishi keskin oziq-ovqat tanqisligiga duch kelishi mumkin. Tadqiqotchilar bunga bir qancha omillar sabab bo‘lishi aytgan: qurg‘oqchilik, qurolli nizo, pandemiya va iqtisodiy inqiroz.

 

“Oldinda qish turibdi va gumanitar tashkilotlarning Afg‘onistonning bir qancha viloyatlariga yo‘li yopiladi. Mamlakatning har ikkinchi fuqarosiga ochlik xavf solishi mumkin. Muammoning oldini olish uchun zudlik bilan xalqaro hamjamiyat aralashuvi zarur, aks holda Afg‘onistonni gumanitar halokat kutadi”, – deyiladi axborotda.

 

Butunjahon oziq-ovqat dasturi bosh direktori Syuy Dunyuyning maʼlum qilishicha, qish kelmasdan turib darhol yordam berishni tezlashtirish hamda uning hajmini kengaytirish zarur.

 

BMT maʼlumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda apreldan buyon oziq-ovqat tanqisligiga duch kelganlar soni 37 foizga oshgan. Xavf guruhida 3.2 million bolalar ham bor. YUNISEF  millionga yaqin bolalar ochlik qurboniga aylanishi mumkinligidan ogohlantirgan.

 

Bundan avval Xitoy tashqi ishlar vaziri AQSH Afg‘onistonga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni bekor qilish kerakligini aytgandi. Shuningdek, Pokiston “Tolibon”ga terrorizmga qarshi kurashda yordam berayotgani xabar berilgandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика