Qonunchilikka ko‘ra, nuqsonli tovar sotilganda isteʼmolchilar o‘z xohishiga ko‘ra quyidagilardan birini talab qilishi mumkin. Bular:
👉 tovarni ayni shunday markali tovarga almashtirib berish;
👉 tovarni boshqa markali shunday tovarga almashtirib, uning xarid narxini qayta hisob-kitob qilish;
👉 nuqsonlarni bepul bartaraf etish yoki nuqsonlarni bartaraf etishga qilingan xarajatlarni qoplash;
👉 xarid narxini nuqsonga mutanosib ravishda kamaytirish;
👉 shartnomani bekor qilib, ko‘rilgan zararni qoplash.
Avvalroq O‘zbekistonda tovar va xizmatlar 5 foizga qimmatlashgani hamda mamlakatimizda 61 ta bozor kompleksi sotilishi va ularning 12 tasi tugatilishi haqida xabar berilgandi.
Olamgir Abdiyev


