1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Ahmad Masʼud: Afg‘oniston uchun eng maqbul variant — markazlashtirilmagan boshqaruv

Ahmad Masʼud Kembrijda tashkil etilgan “Ahmadshoh Masʼud va Afg‘oniston kelajagi” mavzusidagi konferensiyaga murojaat yo‘lladi. Bu haqda “Sputnik Afganistan” xabar bermoqda.

Ahmad Masʼud: Afg‘oniston uchun eng maqbul variant — markazlashtirilmagan boshqaruv

 

 Unda  Panjsher qarshilik kuchlari yetakchisi mavjud vaziyatga to‘xtalib o‘tdi. Masʼudning fikricha, afg‘on jamiyatining bir qisminigina o‘z ichiga olgan hukumat oxir-oqibat halok bo‘ladi. Afg‘oniston tarixi bu kabi boshqaruv modelining samarasiz ekanini isbotlagan.

 

Ayollar masalasi haqida gapirar ekan, siyosatchi “Tolibon”ning xotin-qizlarni ko‘plab huquqlar, xususan, taʼlim olishdan mahrum qilganiga eʼtibor qaratdi. Shuningdek, harakat mamlakatni xalqaro terrorizm o‘chog‘iga aylantirdi.

 

“Bizning maqsadimiz — inklyuziv hukumat. U ayollar huquqini hurmat qiladi va dunyoning barcha davlatlari bilan yaxshi aloqada bo‘ladi”, — degan Masʼud.

 

Shuningdek, qarshilik kuchlari rahbari Afg‘oniston uchun markazlashtirilmagan boshqaruv eng mukammal variant ekanini taʼkidladi. Uning fikricha, mahalliy aholi o‘z rahbarlarini saylash imkoniga ega bo‘lishi lozim.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq toliblar mahalliy imomlarni qiynoqqa solayotgani haqida xabar berilgandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика