1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Ahmad Mas'ud boshchiligidagi qarshilik kuchlari tinchlik muzokaralari shartini ma'lum qildi

Panjsherdagi Milliy qarshilik frontining tinchlik muzokaralari bo‘yicha deklarasiyasi e’lon qilindi.

Ahmad Mas'ud boshchiligidagi qarshilik kuchlari tinchlik muzokaralari shartini ma'lum qildi

 

Unda qarshilik harakati 5-sentyabr Kobulda qabul qilingan ulamolar deklarasiyasini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan. Panjsher kuchlari “Tolibon”ning ham bu chaqiriqlarga befarq bo‘lmasliliga umid bildirgan. 

Agarda toliblar Panjsher va Andarob viloyatiga hujumlar bekor qilinsa, harbiy harakatlarni to‘xtatishga va’da berilgan. Milliy qarshilik fronti ulamolarning Panjsherga nisbatan joriy qilingan cheklovlarni bekor qilish chaqiriqlari olqishlangan va “Tolibon”ning Islom talablari hamda gumanitar huquqning normalarini bajarishga chaqirgan.

 

“Afg‘oniston aholisining mutlaq ko‘pchiligi Islom diniga e’tiqod qiladi. Panjsher va Andarob vodiylari, Parvon, Kapisa va boshqa viloyatlardagi qirq yillik urush hamda to‘kilgan qonlar mamlakatda sof Islomni o‘rnatishga qaratilgan. Shu maqsadda o‘z oldiga Islomiy boshqaruvni o‘rnatishni maqsad qilgan “Tolibon”ning Panjsherga hujum qilishida hech qanday diniy, insoniy va mantiqiy asos mavjud emas”, deyiladi deklarasiyada. 

Qarshilik kuchlari “Tolibon” bilan nizoni tinch yo‘l bilan hal qilish niyatida ekanini, bu diniy va axloqiy tamoyillarga to‘g‘ri kelishini ta’kidlagan. 

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Panjsher aholisi uylarini tark etib, tog‘larga chiqib ketgani xabar qilingan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика