1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Ahmad Masʼud: “Tolibon”ga qarshi  kurash davom etadi”

Ahmad Masʼud Panjsher aholisiga murojaat bilan chiqdi.

Ahmad Masʼud: “Tolibon”ga qarshi  kurash davom etadi”

 

 

Masʼud urushda mag‘lub bo‘lganini tan olgan. Qo‘mondonning so‘zlariga ko‘ra, toliblar tarafida chet el qo‘shinlari jang qilgan. U Afg‘oniston xalqini “Tolibon”ga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarishga chaqirgan.

 

“Toliblar bilan to‘qnashuvda oila aʼzolarimdan baʼzilari halok bo‘ldi, baʼzilari yaralandi”, - degan Panjsher yetakchisi. Shuningdek, Masʼud tez orada  Qarshilik frontining  yangi spikeri tayinlanishini aytgan. O‘tgan tunda harakat sobiq spikeri Fahim Dashtiy toliblar bilan jangda halok bo‘lgan edi.

 

Ahmad Masʼud jahon hamjamiyatini “Tolibon” hokimiyatini tan olmaslikka chaqirgan. Shu bilan birga u kurash davom etishini taʼkidladi.

 

Panjsher shu kungacha toliblar tomonidan bo‘ysundirilmagan yagona viloyat bo‘lib qolayotgan edi. 5 sentyabr kuni viloyatga hujum kuchaygan va uning katta qismi egallangan. 6 sentyabrda “Tolibon” rasmiy vakili Zabihullo Mujohid Panjsher to‘liq nazoratga olinganini eʼlon qildi.

 

Ahmad Masʼud Panjsherga qarshi toliblar emas, Pokiston armiyasi va razvedkasi urush olib borayotganini qayd etgan. Baʼzi manbalar buni tasdiqlagan. Xususan, Pokiston maxsus kuchlari viloyatga kirib kelgan. Islomobod harbiy-havo kuchlari dronlari boshqariladigan raketalar bilan zarba bergan.

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика