Ukraina harbiy harakatlarda ishtirok etayotgan askarlar sonini 1 millionga yetkazishi lozim. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Aleksey Reznikov maʼlum qildi.
"Ko‘rilgan chora-tadbirlar va ukrain xalqining safarbarligi natijasida mudofaa tashkil qilindi. Uning boshlang‘ich davrida volontyorlar katta yordam berdi. Davlat mexanizmlaring joriy etilishi hatto urush sharoitlarida ham o‘ta murakkab jarayon. Biz dushman bilan kurashish uchun 1 millionlik armiya tashkil qilishni rejalashtiryapmiz", — degan u Facebook sahifasida.
Reznikov urush tufayli Ukrainaning mudofaa ehtiyojlari keskin ortib ketgani va mamlakat bunga tayyor bo‘lmaganini tan oldi.
Avvalroq Donald Tramp Yevropaning AQSHga nisbatan Ukrainaga kamroq yordam jo‘natayotganini tanqid qilgandi.


