1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

Allergiyaga moyil kishilar sovuqdan qanday himoyalanishi kerak?

Mutaxassis bu bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Allergiyaga moyil kishilar sovuqdan qanday himoyalanishi kerak?

Qishning izg‘irin kunlarida terida qizarish, shish, pufakchalar va qichishish kabi sovuqqa allergiya belgilari kuzatilsa, allergolog-immunologga murojaat qilish va shifokor ko‘rsatmasiga ko‘ra, maxsus sinamalarni topshirish zarur. Shundan so‘ng mutaxassis tegishli davo muolajalarini belgilaydi.

 

Allergiyaga moyilligi bor kishilar sovuqdan himoyalanishda quyidagi tavsiyalarga amal qilishlari kerak:

 

  • Avvalo, qalin kiyinish zarur! Qo‘lqop, bosh kiyim, sharf va issiq paypoqlardan foydalaning!
  • Izg‘irin haroratda ko‘chaga chiqishdan avval shifokor tavsiya etgan himoya kremlari va maxsus malhamlarni qo‘llang!
  • Sovuq ichimlik va yeguliklar isteʼmol qilmang!
  • Yuvinish va cho‘milish chog‘ida qattiq mochalkalardan foydalanmang!
  • Immunitetni mustahkamlovchi mahsulotlar, darmondorilar, temir, kalsiy, sink, kaliy, selenga boy taomlar isteʼmol qiling!

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика