1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

Dunyoda bezgakka chalinish holatlari oshmoqda

JSST rahbari yangi hisobotni eʼlon qildi.

Dunyoda bezgakka chalinish holatlari oshmoqda

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining yangi hisobotiga ko‘ra, o‘tgan yili dunyo bo‘yicha bezgakka chalinganlar soni 263 million nafarni tashkil etgan. Ekspertlar ushbu ko‘rsatkich 2022 yilga nisbatan 11 million nafarga ortganidan xavotirda.

 

Shuningdek, bemorlardan 597 ming nafari hayotdan ko‘z yumgan. Vafot etganlarning katta qismi 5 yoshgacha bo‘lgan bolalardir. Epidemiyadan asosan Afrika mintaqasi aholisi aziyat chekmoqda.

 

JSST rahbari Tedros Gebreyesus qayd etganidek, zamonaviy tibbiyot yutuqlari hisobga olinsa, hech kim bezgakdan o‘lmasligi kerak. Hozir bunga qarshi kurashish vositalari mavjud. Bu boradagi profilaktika, diagnostika va davolash usullari samaradorligi ham yuqori.

 

Qolaversa, so‘nggi yillarda bezgakka qarshi ikkita vaksina yaratildi. Emlash orqali har yili o‘n minglab bolalarning hayotini saqlab qolish mumkin.

 

Shunga qaramay, Afrika mintaqasi aholisi, ayniqsa, bolalar va homilador ayollar bu kasallik qurboniga aylanayotgani achinarlidir. Ekspertlar infeksiya o‘choqlari aniqlangan mamlakatlarga ko‘mak berish yo‘li bilan epidemiyani jilovlash imkoni bor, degan fikrda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика