Kompaniya ayni kunlarda “Pod” deb ataluvchi, haydovchisiz harakatlanadigan yuk tashish avtomobilini taqdim qilmoqda. Uning qiladigan ishi kishini ajablantirmasligi mumkin, biroq ko‘rinishi eʼtiborni tortishi aniq.
Uni boshqalar o‘zlashtirib olishi ham qiyin, yaʼni avtomashina asoschisi Robert Falk uni shunday ishlab chiqqanki, modelida ham, boshqaruv uslubida ham o‘zgartirish qilib bo‘lmaydi.
Maʼlumot uchun, Einride‘ning mazkur avtomahsuloti allaqachon maxsus auksionga chiqarilgan. Uning narxi 2 016 AQSH dollari deb baholanmoqda.
Kompaniyaning taʼkidlashicha, “Pod” vaqt o‘tishi bilan taqdim etilishi rejalashtirilayotgan NFT seriyasidagi birinchi namunadir.
Manbaning yozishicha, “Pod” eskizi Falkning "kelajakda yuk tashish imkoniyatlarini yaratish”ni maqsad qilganligini anglatadi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, kashfiyotchi “Pod”ni shunday muhandislik ilhomi bilan yig‘ib chiqqanki, Amerika bizoniga o‘xshab ketadi. Shuningdek, u nafaqat tashqi ko‘rinishdan, balki chidamliligi va kuchliligi bilan ham Amerika buqasiga o‘xshaydi. Falk esa modelning tashqi ko‘rinishiga mashhur ilmiy-fantastik filmlardan ilhomlangani sabab bo‘lganligini aytadi.
Maʼlumot uchun, Einride kompaniyasi birinchi marta “Pod”ni 2016-yilda Shvetsiyada ommaga taqdim etgan edi. Avtomahsulot uch yil ichida o‘zining "eng suyukli" xaridorlarini topdi. Ular CoCa-Cola, SKF va Lidl bo‘lgan. Bu brendlar o‘zining mahsulotlarini xaridorlariga yetkazib berishda “Pod”dan foydalanishni maʼqul deb topdi.
Einride‘ning taʼkidlashicha, 2020-yil 1-oktyabrdan boshlab “Pod”lar dizel yoqilg‘isi narxiga mos keladigan, elektr bilan harakatlanadiganlari esa havoga zararli moddalarni chiqarishda boshqalarga qaraganda 90 foiz zararsiz bo‘lgan tarzda ishlab chiqarila boshlandi.
“Pod” avtonom tarzda, yaʼni masofadan turib boshqariladigan mashina bo‘lib, u ko‘proq, yopiq, masalan, avtoulov maydonchalarida yoki umumiy foydalanishdagi yo‘llarda yaxshi foyda beradi. Unda haydovchi o‘rindig‘i mavjudmas.
Endilikda kompaniya AQSH bozorlariga ham kirib borish niyatida. Bu yerda Falk asos solgan yuk mashinasiga dastlabki mijozlar ham tayyor. Ular - GE Appliances, Bridgestone va Oatly.
"Bugungi kunda AQSH yuk tashish transportining 30 foizidan 40 foizigacha elektrlashtirilgan bo‘lishi mumkin. Va bu shuni anglatadiki, ular faqatgina karbonat angidrid(CO2)ning havoga kam chiqarilishi uchungina”, - deydi Falk Forbes.com‘ga bergan intervyusida.
Einride kompaniyasi AQSHda shunchaki yuk tashish orqali pul ishlab olishni maqsad qilmagan. Kompaniya rasmiylari bu yerda bo‘sh ish o‘rinlarini ham tashkil qilishni ko‘zlamoqda. Yaʼni, ish jarayonida masofaviy “Pod” operatori lavozimi joriy etiladi. Bunda bitta operator bir vaqtning o‘zida bir nechta “Pod”ni boshqarishi mumkin.
“Dastlab, “Pod”lar AQSHda chegaralangan, geografik o‘ralgan hududlarda ishlaydi, ammo maqsad ularni oxir-oqibat jamoat yo‘llariga joriy qilishdir”, - deyiladi manba xabarida.
Avvalroq Italiya kompaniyasi yangi retro modelini ommaga taqdim qilgani hamda Xitoyda uchar avtomobil taqdim etilgani haqida xabar berilgandi.
Olamgir Abdiyev


