1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Hi-Tech

Italiya kompaniyasi yangi retro modelini ommaga taqdim qildi

Ferrari kompaniyasi Daytona SP3 yangi sportkari bilan hammani hayratga solgan.

Italiya kompaniyasi yangi retro modelini ommaga taqdim qildi

 

“Speedme.ru” xabariga ko‘ra, Ferrari kompaniyasi yangi modelni taqdim etishga tayyorlanayotgani haqida xabar bergan edi. Shu paytgacha yangi avtomahsulot haqida faqat qisqa-qisqa maʼlumotlar eʼlon qilingan va batafsil aytilmagandi. Endi esa avtomobil butun “jussasi bilan” omma oldida paydo bo‘ldi.

 

Tashqi ko‘rinishi klassik Ferrari 330 P3 modeliga mos ravishda yaratilgan yangi sportkari Daytona SP3 nomini oldi.

 

Ishlab chiquvchilarning fikricha, yangi modelning kuzovi eng murakkab aerodinamika shaklini olgan.

 

Aerodinamika dvigatelni sovutish bilan bog‘liq muammoni hal qilishga yordam beradi. Daytona SP3‘ning esa hatto eshiklarida ham havoni radiatorlarga yo‘naltiradigan kanallar mavjud. Eʼtiborli tomoni, mashinaning ichki qismi haydovchiga qaratilgan. Bundan tashqari, boshqaruvdagi inson Daytona SP3 funksiyalarining 80 foizini ruldan qo‘llarini uzmagan holda boshqara oladi. Avtomobilning ichki qismi sportkarlarining uslubida jihozlangan.

 

100 km/soat tezlikka erishish uchun Daytona SP3‘ga 2,86 soniya kifoya qiladi. Agar haydovchi tezlikni 200 km/soatga chiqarmoqchi bo‘lsa, unda atigi 7,4 soniya vaqt ketkazadi.

 

Ishlab chiqaruvchilardan birining so‘zlariga ko‘ra, sportkarning dvigateli kuchliroq va atmosferaga boshqa avtomobillarga qaraganda 30 foiz kamroq zarar yetkazadi.

 

Albatta, kuchning o‘zi tezlik uchun yetarli emas. Yaʼni, poygada faqat tezlik bilan g‘olib bo‘lish qiyin. Kompaniya esa aynan mana shu tomoniga ham eʼtibor qaratgan.

 

Daytona SP3 korpusi va shassisi uchun kompozit materiallardan foydalanilgan. Shuningdek, model kevlar va uglerod bilan jihozlangan. Bundan tashqari, ho‘l va quruq asfalt uchun bir xil chidaydigan maxsus shinalar buyurtma qilingan.

 

Tadbir doirasida sotuvga chiqarilgan yangi Ferrari Daytona SP3‘ning narxi ham, sanasi ham eʼlon qilinmagan. Katta ehtimol bilan, Avtomobilning ishlab chiqarilishi cheklangan bo‘ladi va uning narxi ham anchagina summani tashkil etadi.

 

Avvalroq Lamborghini Countach 2,64 million dollarlik gibrid supercar sifatida qayta taqdim etilgani hamda 2022-yilda namoyish qilinadigan eng yaxshi elektromobil haqida xabar berilgandi

 

Olamgir Abdiyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика