Jarayon davomida unga 82 yoshli Uolli Fank, 18 yoshli Oliver Deyman va ukasi Mark hamrohlik qildi. Tarixiy kunni milliarder naqd 20 yil kutgani aytilmoqda.
Maʼlum qilinishicha kechagi kunga qadar New Shepard 15ta sinov parvozini amalga oshirgan. Ammo ularning birontasida yo‘lovchi bo‘lmagan.
Xabarlarda keltirilishicha kosmik korabl 1961 yilda kosmosga ko‘tarilgan birinchi amerikalik kosmonavt Alan Shepard sharafiga New Shepard deya nom oldi.
New Shepard britaniyalik milliarder Brensonning Virgin Galactic Unity 22 kemasi zabt etgan masofadan ko‘ra ancha yuqoriga ko‘tarildi.
Eslatib o‘tamiz, britaniyalik tadbirkor Richard Brenson 11 iyul kuni kosmosga ko‘tarilgan. Bu voqelikni ko‘pchilik fuqarolik kosmonavtikasiga qo‘yilgan ilk qadar deb baholadi. O‘zbekistonlik ishbilarmon Zafar Hoshimov o‘zining facebookdagi sahifasida “barchamiz qalban kosmonavtmiz”,-deya yozib qoldirdi va muhim sana bilan barchani tabrikladi.


