Amir Temur – dunyo olimlari va adiblari nigohida
Temuriylar davri nafaqat O‘rta Osiyo, balki jahon sivilizatsiyasida muhim o‘rin tutadi. Sohibqiron Amir Temur yagona saltanat bunyod qilgach, ilm-fan, adabiyot, madaniyat va sanʼat, hunarmandchilik, shaharsozligu-meʼmorchilikni faol qo‘llab-quvvatladi. Bu esa, o‘z navbatida, dunyo tamaddunida Ikkinchi Renessans davri boshlanishiga turtki bo‘ldi.
