
Aniqlanishicha, joriy yilning 7 sentyabr kuni soat 17:00 da Andijon tumanining “Jahonobod” mahallasida yashovchi fuqaro M.S. o‘gay ukalari — voyaga yetmagan R.S. va I.S.lar bilan o‘zaro janjallashib qolib, ularga chopqi bilan zarar yetkazgan.
O‘gay aka janjal davomida daraxt shoxlarini chopish uchun mo‘ljallangan chopqi bilan R.S.ning bosh, bo‘yin, yelka, qo‘l, oyoq va son qismlariga urib, hayoti uchun xavfli bo‘lgan tan jarohatlari yetkazgan va uning o‘limiga sababchi bo‘lgan. Shuningdek, aka yana bir ukasi I.S.ning ham bosh, bo‘yin, yelka, qo‘l qismlariga urib, og‘ir turdagi ko‘plab tan jarohatlari yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan M.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, viloyat prokuraturasining o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. M.S.ga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryoda erkak o‘g‘lini o‘ldirib qo‘ygandi. Shuningdek, Jizzaxda aka ukasini, qayniuka kelinoyisini pichoqlab o‘ldirgani hamda otasi va uning rafiqa (o‘gay ona)sini o‘ldiib qo‘ygan chustlik fuqaroga sud hukmi o‘qilgani haqida xabar berilgandi.
Bahriniso Madumarova


