1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Andijonda taʼlim va tibbiyot rivojlantiriladi

Shuningdek, Hindiston bilan hamkorlikda ikkita oliygoh quriladi.

Andijonda taʼlim va tibbiyot rivojlantiriladi

 

Joriy yilda viloyatda ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgan qator ishlarni amalga oshirish belgilangan.

 

Jumladan, maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalar qamrovini 75 foizdan 82 foizga yetkazish, 306 ta oilaviy maktabgacha taʼlim tashkiloti tashkil etish va 17 ta davlat MTTlari rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.

 

 Maktablarni moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida 3 ta yangi maktab quriladi, 19 tasi rekonstruksiya va kapital taʼmirlanadi. Natijada, 7 mingdan ortiq yangi o‘quv o‘rinlari yaratiladi. Viloyatda 2 ta xususiy oliygoh – Hindistonning Glokal universiteti filiali hamda Samo klaster innovatsion texnologiyalar instituti tashkil etiladi.

 

Talabalarni turar-joy bilan taʼminlash maqsadida qo‘shimcha 1 ming 600 o‘rinli 4 ta yangi talabalar yotoqxonasi barpo etiladi. Tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida 4 ta yangi oilaviy poliklinika, 9 ta mahallada oilaviy shifokorlik punkti tashkil etiladi.

 

Viloyatdagi 6 ta tibbiyot muassasasida qurilish-taʼmirlash hamda jihozlash ishlari bajariladi. Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi to‘liq rekonstruksiya qilinib, uning negizida vodiy aholisi uchun murakkab jarrohlik amaliyotlari o‘tkaziladigan Tibbiyot markazi tashkil etiladi. Bundan tashqari, Hindiston Respublikasi bilan hamkorlikda kardiologiya markazi tashkil etiladi.

 

 Eslatib o‘tamiz, avvalroq madaniy meros texnikumlari tashkil etilishi haqida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика