1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Andijonda “zapravka” yonib ketdi

5 tonnalik MAN rusumli yoqilg‘i tashuvchi avtomobildan propan suyultirilgan gazni to‘kish jarayonida texnologik qoidalar buzilgan.

Andijonda “zapravka” yonib ketdi

Bugun, 5 sentyabr kuni Andijon viloyatining Andijon tumanida joylashgan gaz quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining ma’lum qilishicha, taxminan 5 tonnalik MAN rusumli yoqilg‘i tashuvchi avtomobildan propan suyultirilgan gazni to‘kish jarayonida texnologik qoidalar buzilib, yong‘in kelib chiqqan. Hodisa haqida soat 12:05 da xabar berilgan.

 

Yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari voqea joyiga 12:13 da yetib borgan va olov soat 12:26 da o‘rab olingan. Yong‘in 13:03 da to‘liq bartaraf etilgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida jabrlanganlar qayd etilmagan.

 

So‘nggi oylarda mamlakatning turli hududlarida shunga o‘xshash holatlar qayd etilmoqda. Jumladan, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarida gaz quyish shoxobchalarida portlash va yong‘inlar sodir bo‘lgan.

 

Iyul oyida esa, Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumanidagi portlash oqibatida to‘rt kishi vafot etgan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика