1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent bozorlarida narxlarni nazorat qilish uchun kameralar o‘rnatilmoqda

Kamera orqali savdo jarayonida shaffoflik ta’minlanib, sun’iy narx oshirishga chek qo‘yiladi.

Toshkent bozorlarida narxlarni nazorat qilish uchun kameralar o‘rnatilmoqda

So‘nggi kunlarda ayrim savdo rastalarida e’lon qilingan narxlardan farqli ravishda mahsulot sotilayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar aholining e’tiroziga sabab bo‘ldi.

 

Shu munosabat bilan, arzonlashtirilgan mahsulotlar savdosi tashkil etilgan bozor rastalarida narxlarning sun’iy oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik va jarayonning shaffofligini ta’minlash maqsadida yangi choralar belgilandi.

 

Toshkent shahar hokimligi ma’lum qilishicha, Mirobod dehqon bozori hamda “Eski Juva” (Chorsu) bozorida kuzatuv kameralari o‘rnatish ishlari yakunlandi. Endilikda ushbu texnik nazorat tizimi orqali savdo jarayonida tartib buzilishi yoki ortiqcha narx qo‘shilishining oldi olinadi.

 

Mazkur loyiha doirasida poytaxtning boshqa yirik bozorlarida ham kuzatuv kameralarini bosqichma-bosqich o‘rnatish rejalashtirilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика