AQSH G‘arbiy yarimshar davlatlari bilan oziq-ovqat va mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishni kengaytirmoqchi. Bu haqda Jozef Bayden Amerika davlatlari sammitida aytdi.
“Keyingi bir necha kun davomida biz ko‘plab davlatlar bilan yangi tashabbusni eʼlon qilamiz. U AQSH, Argentina, Braziliya, Kanada, Chili va Meksika bilan hamkorlikni o‘z ichiga oladi. Bu oziq-ovqat mahsulotlari va o‘g‘itlar ishlab chiqarilishi hamda eksportini ko‘paytirish maqsadida amalga oshirilmoqda”,– degan u.
Bundan tashqari, AQSH yetakchisi Karib havzasi davlatlari bilan iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda hamkorlik qilmoqchi ekanini taʼkidlagan.
Avvalroq BMT oziq-ovqat yetishmovchiligining asosiy sababini maʼlum qilgandi.


