AQSH BMT orqali KXDR raketa dasturi bilan bog‘liq sakkiz tashkilot va shaxslarga qarshi sanksiya joriy qilmoqchi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
“AQSH moliya vazirligi sanksiya joriy qilgan besh nafar jismoniy shaxsga BMT orqali ham sanksiya joriy etmoqchi. Biz yana uch nafar yuridik va jismoniy shaxslarga tashkilot orqali cheklovlar joriy etish uchun hamkorlarimiz bilan ishlashni davom ettiramiz”, – degan “TASS” suhbatdoshi.
Nashr maʼlumotlariga ko‘ra, ushbu shaxslar orasida Rossiya fuqarolari ham bo‘lishi ham mumkin.
Avvalroq Shimoliy Koreya raketa sinovlari o‘tkazgani haqida xabar berilgandi.
Jahongir Qo'ziyev


