1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSH bo‘shab qolgan qurol omborlarini to‘ldirishni tezlashtirmoqda

Armiyaga byudjetdan katta mablag‘ ajratilgan.

AQSH bo‘shab qolgan qurol omborlarini to‘ldirishni tezlashtirmoqda

 

AQSH Ukrainaga yetkazib berigan harbiy yordam oqibatida bo‘shab qolgan omborlarini to‘ldirish uchun qurol sotib olish jarayonini tezlashtirdi. Bu haqda Pentagon rahbari yordamchisi Duglas Bush maʼlum qildi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH hukumati so‘nggi oylarda harbiy sanoat kompaniyalari bilan 2.6 milliard dollarlik shartnoma imzolagan. Birgina oktyabr oyining ikkinchi yarmida tuzilgan bitimlar 1 milliard dollarlik raketa va o‘q-dori yetkazib berishni ko‘zda tutadi.

 

Duglas Bush 3 may kuni AQSH armiyasi qurol omborlarini to‘ldirish uchun dastlabki mablag‘larni qabul qilganini qayd etgan. Shundan keyin qurolli kuchlar deyarli har hafta byudjetdan katta miqdorda pul olib turgan.

 

Ukraina nizosi boshlangach, Vashington Kiyevning asosiy harbiy donorlaridan biriga aylandi. Hozirga qadar 20 milliard dollardan ortiq yordam ko‘rsatilgan. Shu bilan birga bu Amerika va ayrim G‘arb davlatlari armiyasi qurol zaxirasining sezilarli darajada kamayishiga sabab bo‘lgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика