1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

AQSH Davlat kotibi o‘rinbosari O‘zbekiston rasmiylari bilan Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi

Mamlakatimizga tashrif buyurgan Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi birinchi o‘rinbosari Uendi Sherman 3-oktabr kuni Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan uchrashdi.

AQSH Davlat kotibi o‘rinbosari O‘zbekiston rasmiylari bilan Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi

 

 

O‘zaro muloqotda, asosan, mintaqa va Afg‘onistondagi vaziyat muhokama qilingan. Tomonlar Afg‘onistonda milliy yarashuv va inklyuziv hukumatni shakllantirish jarayoniga ko‘maklashish, mamlakatda inson huquq va erkinliklarini taʼminlash, gumanitar inqirozning oldini olish zarurligini taʼkidlagan.


Shuningdek, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalariga eʼtibor qaratilgan. Bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali va tashkiliy jihatlari, xususan, strategik hamkorlik muloqotining birinchi yig‘ilishini o‘tkazish masalalari muhokama qilingan.

 


Muzokaralarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov va Adliya vaziri Ruslanbek Davletov ishtirok etdi.

 

Avvalroq Abdulaziz Komilov delegatsiyasi TTDHK tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etishi haqida xabar berilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика