1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSH Eronga yadro kelishuvi bo‘yicha takliflarini jo‘natdi

U YeI vakili orqali yuborilgan.

AQSH Eronga yadro kelishuvi bo‘yicha takliflarini jo‘natdi

 

Tehron yadro kelishuvi bo‘yicha AQSHdan javob oldi. Bu haqda Eron TIV rasmiy vakili Nosir Kanoni Chafi ma’lum qildi. 

 

“Eron tomoni YeI koordinatori orqali AQSHdan yadro kelishuviga qaytish yuzasidan javob oldi. Biz Amerika takliflarini diqqat bilan o‘rganishga kirishdik va koordinatorga bu haqda o‘z fikrimizni aytamiz”, — degan diplomat.

 

Ma’lumot o‘rnida: 2015-yilda Eron va AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Rossiya hamda Xitoy o‘rtasida “Hamkorlikdagi umumiy harakatlar rejasi” imzolangan. Unga ko‘ra, Tehron yadro quroli ishlab chiqishdan voz kechishi, Gʻarb esa iqtisodiy sanksiyalarni bekor qilishi lozim edi. Ammo 2018-yilda AQSH bu kelishuvdan chiqib ketdi.

 

Jozef Bayden AQSH prezidentiga aylangach, kelishuvni qaytib tiklash tashabbusi bilan chiqdi. 2021-yildan boshlab Venada sakkiz raundli muzokaralar o‘tkazildi. 11-mart kuni tomonlar tashqi faktorlar tufayli tanaffus oldi. Unga asosiy sabab qilib Rossiyaning Ukrainadagi harbiy operasiyasi ko‘rsatilmoqda. Bunga qadar muzokaralar final bosqichiga chiqqan va fevral oxirida yakunlanishi kerak edi. So‘nggi oylarda Yevropa vositachiligida yadro kelishuvi bo‘yicha muzokaralar faollashdi. 

 

Avvalroq Eron yadro quroli yaratmasligini ma’lum qilgandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика